Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuviga Termiz shahrining ko’zga ko’ringan «Mashhura», «O’tan polvon» va «Chori Qurbonov» nomli xususiy klinikalarining bosh shifokorlari tashrif buyurishdi.
Dastlab, mehmonlar talabalarga o’zlarining ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, kasbiy faoliyati, ilk qadamlari yo’lida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalari haqida so’zlab berishdi va talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Uchrashuv bahs-munozaralarga boy bo’ldi hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida mehmonlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari topshirildi.