Yig’ilishni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F. Otamuradov ochib berdi va kengash kotibi kun tartibidagi masalalarni o’qib eshtirdi:
Filial kafedralarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etilishi holati; Bitiruvchilarni ishga taqsimoti natijalari, ulami monitoring Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash; Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash hamda turli masalalar o‘rin oldi.
Shuningdek, kengash so’ngida bir qator professor-o’qituvchilar taqdirlandi, ulardan:
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash a’lochisi nishoni bilan – «Otorinoloringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» kafedrasi mudiri M.Y. Jumayev taqdirlandi. «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan – «Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment» kafedrasi mudiri Sh.M. Rasulov taqdirlandi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlashga qo’shgan xissasi uchun 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan T.R.Abdurasulova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining «TASHAKKURNOMA» si bilan taqdirlandi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlashga qo’shgan xissasi uchun 1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Z.J. Almardonova O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining «TASHAKKURNOMA» si bilan taqdirlandi.