Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi «San’at saroyi»da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-sonli davolash fakulteti talabalar ishtirokida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.

Uchrashuv yakunida “Mehr-1” doirasida olib kelingan ayol taqdiriga asoslangan “Ayol qismati” nomli hujjatli film namoyish etildi.