You are currently viewing Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Pokiston Islom Respublikasi muxtor elchisi Ahmed Farooq

Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga Pokiston Islom Respublikasi muxtor elchisi Ahmed Farooq

    Pokiston Islom Respublikasi elchixonasi maslahatchisi Hurram Ali, Savdo-sotiq va investitsiya maslahatchisi Ataullah tashrif buyurishdi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i A.Norxonov Pokistonlik mehmonlarni kutib olishdi hamda muzokaralar stoliga taklif etishdi.

    Uchrashuv davomida Pokistonlik talabalarni filialga taklif qilish, Pokiston tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar orasida akademik mobillikni o‘rnatish to’g’risida muzokaralar olib borildi.

    Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali va Pokiston Islom Respublikasi elchixonasi o‘rtasida aloqalarini o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, seminar-treninglar o‘tkazish haqida kelishib olindi.