Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari ishtirokida Termiz shahridagi «San’at saroyi»da «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Mehr-1” doirasida olib kelingan ayol taqdiriga asoslangan “Ayol qismati” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Tadbir so’ngida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.