You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari joylarda tibbiy ko’riklar o’tkazishmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari joylarda tibbiy ko’riklar o’tkazishmoqda

   Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari tomonidan Termiz tumani Xalqobod oilaviy shifokorlik poliklinikasida aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va ahvoli o’g’ir, to’shakka yotib qolgan 2 nafar bemorlar uylariga borib ko’rildi.

     Tuman oilaviy shifokorlik poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori O’.Valnazarova hamda filialning malakali shifokorlaridan terapevt, kardiolog, akusher-ginekolog, gastroenterolog, nevropatolog, endokrinolog, dermatovenerolog, infeksionist, oftalmolog, xirurg, travmatolog va onkologlar ishtirok etishib, tuman aholisiga kerakli tavsiyalar berildi.

    Mutaxassislar aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish bilan birgalikda yuqumli bo’lmagan kasalliklarni oldini olish, sog’lom turmush tarziga rioya qilish va chora-tadbirlar to’g’risida tushuntirish berib o’tishdi.