O’rganish ishlari filialning davolash ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O’.Fayziyeva, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i A.Hamrayev, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i D.Aymuratova hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Yuldashovlar tomonidan olib borildi.
O’rganish davomida ishchi guruh tomonidan Sherobod Abu Ali ibn Sino texnikumining o’quv auditoriyalari, kutubxona va axborot texnologiyalari bo’limi, simulyatsiya xonasi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o’rganildi hamda amaliy yordam berildi.