You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining yosh ilmiy tadqiqotchi talabalar uchun seminar trening bo’lib o’tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining yosh ilmiy tadqiqotchi talabalar uchun seminar trening bo’lib o’tdi

   Ilmiy va innovatsion loyihalarni yaratish, ijodkorlik va ixtirochilikni rag’batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida filial professor-o’qituvchilari, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi va talabalar kengashi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

   Seminar-trening filialning «Anatomiya va klinik anatomiya» kafedrasi mudiri, t.f.n. D.Hojiyev, «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi mudiri, b.f.n, dotsent Z.Nurova, «Tibbiy va biologik kimyo» kafedrasi katta o’qituvchisi F.Umarov hamda tomonidan olib borildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.