Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlari uchun unitilmas kundir, sababi ular hayotidagi eng mas’uliyatli “Qasamyod” qabul qilish marosimida ishtirok etishdi.
Termiz shahrining muhtasham san’at saroyida “Talabalikka bag’ishlov” tantanali tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda filial direktori F. Otamuradov so’zga chiqib, ushbu hayajonli kun bilan barcha talabalarni muborakbod etdi hamda kelgusida ushbu sharafli kasbga sodiq qolib o’z kasbining fidoiylari bo’lishlarini tiladi.
Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Qahramoni, professor, tibbiyot fanlar doktori R.Muxammadiyev ham ishtirok etib, talabalarni ushbu muhim kun bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.
O’zbekiston Respublikasi davlat madxiyasi yangradi va undan so’ng talabalarimiz tantanali ravishda “Qasamyod” qabul qilishdi.
Shundan so’ng filial direktori boshchiligida filialimizning 1-bosqichiga eng yuqori ball to’plab kirgan talabalar hamda filialimizning iqtidorli talaba-yoshlarining ota-onalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tantanali tadbir kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, yig‘ilganlarga o‘zgachata’surot qoldirdi. Talabalar uchun bu tadbir unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Darhaqiqat, shifokorlik inson hayotiga daxldor, o’ta mas’uliyatli va mashaqqatli va eng sharafli kasblardandir. Shifokor deganda, har birimizning ko‘z o‘ngimizda qalb mehri va kasb mas’uliyati bilan dardlarga darmon bo‘layotgan, sog‘lom avlod dunyoga kelishiga hissasini qo‘shib, mardonavorlik hamda fidoyilik namunalarini ko‘rsatayotgan salomatligimiz posbonlari namoyon bo‘ladi.
Aziz talabalar!
Bugun siz uchun eng mas’uliyatli va hayajonli kunlardan biri. Kelgusida xalq salomatligi yo’lida, fidoyilik bilan mexnat qilishingiz, bemorlarga shifo ulashishingiz va buning uchun chuqur bilim va ko’nikmalarni egallab, o’z kasbingiz fidoyilari bo’lishingizga ishonamiz. Barchangizga omad va zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan, TTATF jamoasi!