Til — millatning o‘zligi, g‘ururi, iftixori, qalbi demakdir. Xalqning eng nodir xazinasi, mamlakat tamaddunining xolis guvohi ham ona tili hisoblanadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talaba qizlar koordinatori, “Qizlarjon” klubi raisi tomonidan “Til-millat ko‘zgusi”nomli insholar ko‘rik tanlovi e’lon qiladi. Unda filialimiz barcha talaba qizlari ishtirok etishlari mumkin.
Insho yozishda talab etiladi:
1. Murakkab reja
2. Insho mazmuni
3. Husnixat
Insholar 20-oktabr soat 16:30 ga qadar qabul qilinadi. 21-oktabr kuni g‘oliblar aniqlanadi. G‘olib bo‘lgan talaba qizlar munosib taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumot uchun Talaba qizlar koordinatori Aminova Mohinurga murojaat qilishingiz mumkin.
@Mohi_0203+998 91 903 02 03
Tanlov faqat talaba qizlar uchun
Milliy ozodligimiz ramzi — boy va betimsol ona tilimiz mangu yashasin!