Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun «Ichki kasalliklar, oilaviy shifokorlikda terapiya, HDT va gematologiya» kafedrasi assistenti va R.Rasulova va “Miktobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment” kafedrasi mudiri Sh.Rasulovlar tomonidan “Kasb kasalliklari” fanidan «Ishlab chiqarishning fizik omillar ta’siridan rivojlangan kasb kasalliklari» mavzusida ochiq integral amaliy dars bo‘lib o‘tdi.
Ochiq integral darsda fan bo‘yicha o‘quv majmua materiallari, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, vaziyatli masalalar, test savollari, klinik va amaliy ko‘nikmalar, rentgen suratlaridan foydalanib mashg‘ulot olib borildi.
Shuningdek, talabalarga mavzuga doir asosiy tushunchalar bilan real vaziyatdagi voqea va hodisalarga bog’langan holda savol javoblar va amaliy ishlanmalar orqali dars mohiyati yoritilib berildi.