Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 21-oktabr – O’zbek tili bayrami va O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan «Til – millat ko’zgusi» shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirni «O’zbek tili va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri Z.Berdiyeva ochib berdi va unda Termiz davlat universiteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi X.Allamurodova va falsafa fanlari doktori U.Xolnazarov mehmon bo’lishdi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, oʻzbek tili tarixi, bugungi kunda tilimizning ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi va ona tili toʻgʻrisidagi buyuk allomalarining hikmatli soʻzlari, baytlari va oʻzbek xalq maqollaridan namunalar