You are currently viewing TTA Termiz filiali rahbariyati hamda jamoasi nomidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan barcha o’zbek xalqini ushbu bayram bilan muborakbod etamiz!

TTA Termiz filiali rahbariyati hamda jamoasi nomidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan barcha o’zbek xalqini ushbu bayram bilan muborakbod etamiz!

   Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

   1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.