You are currently viewing 21 – oktabr kuni  TTA Termiz filialida Hind milliy festivali «Garba night» nomli kecha tashkil etildi.

21 – oktabr kuni TTA Termiz filialida Hind milliy festivali «Garba night» nomli kecha tashkil etildi.

Hindiston bugungi kunda kuchli va ko’p madaniyatli jamiyat sifatida tan olingan. U yerda turli dinlar, urf-odatlar va urf-odatlar mavjud. Garchi odamlar tobora zamonaviylashib borayotgan bo’lsalar ham, ular axloqiy tamoyillarga rioya qilishda va an’anaviy bayramlarni nishonlashda davom etadilar. Shu munosabar bilan, TTA Termiz filialida «Garba night» festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirni filial direktori, F.Otamuradov ochib berib, nutq davomida Hind mamlakati, xalqi va madaniyatiga bo‘lgan chuqur ehtiromini izhor etdi.

So‘zni Hindistonlik vakil Surender Singh Sahani davom ettirib, Hindistonga bo‘lgan katta qiziqish va hurmat uchun minnatdorlik bidirib, TTA Termiz filiali haqida ham iliq fikrlar aytib o‘tdi.

Tadbirda yig‘ilgan mehmonlar va filial talabalari Hindiston madaniyati haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Hindcha raqs va musiqalar esa tadbirga alohida kayfiyat va shukuh kiritdi.