Habaringiz bor TTA Termiz filiali professor-o’qituvchilari va xodimlaridan tashkil topgan bir guruh jamoa «Sog’liqni saqlash vaziri kubogi-2023» sport o’yinlarida ishtirok etishgan edi.
Ushbu sport musobaqalari o’z nihoyatiga yetib, g’olib va sovrindorlar ma’lum bo’ldi:
Shaxmat sport turi bo’yicha ayollar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqada TTA Termiz filiali bosh auditori G.Turdiqulova farxli 1-o’rinni egalladi.
Shuningdek, mini-futbol musobaqasida filial jamoasi faol ishtirok etishdi.
TTA Termiz filiali jamoasi nomidan G.Turdiqulovani faxrli 1-o’rinni egallaganlari bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!