You are currently viewing «Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish»

«Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish»

    Termiz shahar Yoshlar Markazi binosida, Termiz shahar prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda «Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish» mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

   Uchrashuvda Termiz shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalarining taxsil oluvchi talabalari va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirok etishdi. Unda  Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining talaba yoshlari va tyutorlari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, muhokamasi oʻtkazildi. Mutasaddilar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish boʻyicha yoshlarga tavsiya va maslahatlar, maʼsullarga topshiriq va koʻrsatmlar berildi.