Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va oilaviy shifokorlikda pediatriya» kafedrasi tibbiyot fanlari doktori, dotsent O’.R.Fayziyeva hamda «Anatomiya va klinik anatomiya» kafedrasi o’qituvchisi Z.Choriyevalar tomonidan filial talabalari uchun «Bolalar kasalliklari propedevtikasi» fanidan «Bolalarda suv-tuz almashinuvi xususiyatlari. Kislota-ishqoriy, suv muvozanatlari buzilishlari (degidratsiya, dezintoksikatsiya, giperosmolyar holatlar) metabolik atsidoz va alkaloz. Respirator atsidoz va alkaloz. Eksikoz» mavzusida ochiq integral ma’ruza o’tkazildi.
Ochiq darsda fan bo‘yicha tarqatma materiallar, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, vaziyatli masalalar, test savollari, klinik va amaliy ko‘nikmalar, rentgen suratlaridan foydalanib mashg‘ulot olib borildi.
Ochiq muloqot, o‘zaro fikr almashish hamda baxs-munozaralarga boy bo‘lib o‘tgan dars mashg‘uloti talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.