Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Otolaringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» assistenti N.Normirova tomonidan 2-son davolash fakulteti 504-505 guruhida «Tashqi va o’rta quloqning o’tkir va surunkali kasalliklari» mavzusida ochiq ma’ruza bo’lib o’tdi.
Ochiq darsda fan bo‘yicha tarqatma materiallar, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘yinlar, vaziyatli masalalar, test savollari, klinik va amaliy ko‘nikmalar, rentgen suratlaridan foydalanib mashg‘ulot olib borildi. .
Ochiq muloqot, o‘zaro fikr almashish hamda baxs-munozaralarga boy bo‘lib o‘tgan dars mashg‘uloti talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.