You are currently viewing Surxondaryoda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali o’tkazildi.

Surxondaryoda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali o’tkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan ko’rik-tanlov go’liblarini taqdirlash marosimi Termiz shahridagi Imom Termiziy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etildi.

Ushbu festivalda filialmizning iqtidorli talabalaridan biri M.Xamidbayeva «Tibbiyot yo’nalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasi bo’yicha 🥇 birinchi o’rinni qolga kiritdi hamda diplom hamda viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi. Ilmiy rahbari «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi mudiri, b.f.n.,dotsent Z.Nurova.

Shuningdek «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi assistenti M.Shamayeva «Pedagogika bo’yicha eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasi bo’yicha faxrli 1-birinchi o’rinni egallab, diplom hamda qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tanlovlarni muntazam o’tkazilishi viloyatdagi xotin-qizlarni o’z ilmiy izlanishlarini jaddal olib borib, kelgusida samarali natijalar berishida xizmat qiladi.