Bugun, 31- oktabr kuni viloyat hokimi tashabbusi bilan “Yashil makon” loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi
Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan TTA Termiz filiali xodimlari va talabalaridan tashkil topgan volontyorlari ushbu hasharda faol ishtirok etishdi.