You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Klinik o’quv bazalar bo’limi bosh mutaxassisi Ergasheva Gulshan hamda tyutor Otamuradov Farxod tomonidan Akusherlik – ginekologiya va bolalar ginekologiyasi, Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va UASH pediatriya kafedrasida amaliy darslar jarayonlari o’rganildi.

   Tekshiruv jarayonida, ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni hamda davomati hamda kafedra mudiri ishtirokida me’yoriy hujjatlar holati o’rganilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi bo’yicha tushuntirish berildi.