Kuni kecha TTA Termiz filiali psixologi G.G’oziyeva tomonidan talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ularga yuqori kayfiyat bahsh etish maqsadida psixologik trening o’tkazildi.
Treningda rolli o’yinlar hamda «O’tmish,bugun,kelajak» metodikalaridan foydalanildi. Trening yakunida amaliy mashqlar natijalariga ko‘ra talaba qizlarning ruhiy holat ko‘rsatkichlari umumiy tahlil qilinib, psixologik tavsiyalar berildi.