Yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Zero, san’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi
Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.
Bugun TTA Termiz filiali talaba- yoshlariga Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan “Chorrahadagi odamlar” (Dilfuza Jo’rayeva asari) nomli spektakl namoyish etildi
Talaba – yoshlarning teatrga tashrif buyurishi, ertamiz egalari teatr, muzeylarning eng qutlug‘ dargoh, haqiqiy hayot maktabi ekanini his qilib ulg‘ayishlari bilan ahamiyatlidir.