Keksa onaxonlarning katta hayot tajribasi qizlar tarbiyasida o’rni beqiyosdir.
TTA Termiz filialida Xotin-qizlar kengashi a’zolari va viloyat «BUVIJONLAR MAKTABI» raisi To’lyakova Robiya Xasanovna va a’zolar Mun Ala Yegorovna, Negmatullayeva Muxabbat hamkroligida talaba-qizlar ishtirokida «O’zbek qadriyatlari va urf odatlari buvijonlar talqinida» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad, yoshlar ma’naviyatini oshirish, yoshlarni ayniqsa qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, qizlarni oilaga tayyorlash, ajrimlarning oldini olishdan iborat bo’lib, suxbat so’ngida odob-axloq qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.