Yig’ilishni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov ochib berdi va kengash kotibi kun tartibidagi masalalarni o’qib eshtirdi:
2022-2023-o’quv yili bahorgi semestr yakuni bo’yicha talabalarning fanlarni o’zlashtirish natijalari tahlili, kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari;
Filial qabul hay’atining 2023-2024-o’quv yiliga talabalar qabuli natijalari bo’yicha hisoboti;
Nomdor stipendiyalar va turli nominatsiyalar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar;
Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash hamda turli masalalar o‘rin oldi;
Shuningdek ilmiy izlanishdagi o’qituvchilarni ko’paytirish borasida bir qancha chora – tadbirlar ishlab chiqish kerakligi to’g’risida fikr almashinildi.