Bugun TTA Termiz filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o’tkazilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.U.Yuldashov , Viloyat prokraturasida bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.R. Bobomurodov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik N.A. Xo‘jamurodov hamda Filial profilaktika inspektori leytenant M.A.Kamariddinov ishtirok etishdi.
Soha mutaxassisi tadbir qatnashchilariga korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’ruza qildi
Shuningdek, ma’ruzachi o‘z chiqishida aholining barcha qatlam vakillari, xususan, kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda ta’lim-tarbiya olishi muhim ahamiyatga egaligini hamda ushbu illatga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz ekanini alohida ta’kidladi.