Psixologiya inson ong osti oqimini va inson miyasi turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini o‘rganadi.
Insondagi diqqat, eʼtibor, tafakkur, emotsiya, o‘z-o‘ziga yordam berish, psixik vaziyatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikni ruhiyatiga singdirish psixologlarning vazifasiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 19 iyundagi “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yana-da rivojlantirish sʼhora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G.A.G‘oziyeva aholining sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylarda tadbir o‘tkazdi.
Filial psixologi Termiz shahridagi Viloyat ko‘r tarmoqli Bolalar shifoxonasi hamda”Mashhura”klinikasida bo‘lib u yerdagi talaba -yoshlar, bemorlar hamda yosh onalar bilan davra suhbatlarini tashkil qildi.
Bundan tashqari psixolog G. G‘oziyeva Xotin qizlar bo‘yicha dekan maslahatchilar M . Haydarqulova, G. Soliyeva hamda tyutorlar bilan birgalikda Termiz shahri «Bog‘zor » mahallasidagi xonadon egalari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.