Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari o’rtasida »Zakovat» intellektual o’yinining final bosqichi bo’lib o’tdi.
Finalda 12 ta jamoa bellashdi.
Bahs munozaralarga boy bo‘lib o‘tgan intellektual o’yinda quyidagi jamoalar g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
«Dofamin+» jamoasi 19 ball
«Intelligent» jamoasi 14 ball
«Golden Heart» jamoasi 11 ball
G‘olib jamoalar diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 9 mln so‘m;
2-o‘rin: 6 mln so‘m;
3-o‘rin: 3 mln so‘m.