Oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hamda talaba-yoshlarning iste’dodlarini namoyish etish maqsadida joriy yilning 15-dekabr kuni Termiz sharidagi Sanat saroyi binosida“Janub-zukkolari” ko‘rik-tanloving 2023-yilgi mavsum final bellashuvida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining «Medstars» jamoasi faxrli 2-o’rinni egalladi.