Himmatova Nodira Normamatovna

Telefon raqam:

+998-97-225-15-00

Email:

nodirahimmatova@mail.ru

Xotin-qizlar maslahat kengashi filialdagi talaba-qizlarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va kasbiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish hamda gender tengligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Xotin-qizlar maslahat kengashi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini oshirish yo‘nalishida tizimli ishlarni amalga oshiradi.
1. Xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohalaridagi ishtirokini faollashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirish va ularning fikrlarini muntazam monitoring qilish;
2. Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj, ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan talaba-qizlar, nogironligi bo‘lgan xodimlar va talabalarni aniqlab, ular uchun ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini shakllantirish va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;
3.Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini nazorat qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
4. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini monitoring qilish, jabrlanganlarni aniqlash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning huquqlarini himoya qilishga oid tavsiyalarni rektoratga taqdim etish;
5. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
6. Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanayotgan, ibratli hayot kechirayotgan xotin-qizlarning faoliyati va turmush tarzini keng targ‘ib qilish;
7. Xotin-qizlar o‘rtasida turli tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash jarayonlarida shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash;
8. Milliy va xalqaro qonunchilik doirasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga oid hujjatlar, standartlar va talablarning amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash va bu jarayonda bevosita ishtirok etish;
9. Filialda samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarning xizmatlarini munosib e’tirof etish hamda ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish.

Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limining asosiy maqsadi – talaba-qizlarning sifatli ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoyalanishi uchun qulay sharoit yaratish va ularning jamiyatda faol o‘rin egallashiga ko‘maklashishdan iborat. Bu orqali ayollar nafaqat ta’lim jarayonida, balki jamiyatning turli sohalarida ham muvaffaqiyatli va teng huquqli ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi: