You are currently viewing Muzeyga sayohat – moziyga sayohatdir

Muzeyga sayohat – moziyga sayohatdir

Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos.

Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1- son davolash fakulteti jamoasi O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan аrxeologiya muzeyiga sayohat qilishdi.

Bu kabi sayohatlar talaba-yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.