Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich 6-kurs bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvni filial direktori kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutladi.
Shuningdek, bugungi talabaning vazifasi dars mashg‘ulotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olish, bo‘sh vaqtlarini unumli va samarali o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi.
Bundan tashqari , filial direktori bitiruvchi kurslarni ish bilan ta’minlanishi va kelgusida magistratura va ordinatura yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishi hamda talabalardan qaysi mutaxassisliklarda o’qish niyati borligi borasida suhbat o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Uchrashuvda bir qator muammolar va takliflar bildirilib, murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.