You are currently viewing Ta’lim jarayoni doimo nazoratda

Ta’lim jarayoni doimo nazoratda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining «Ichki kasalliklar, propedevtikasi, reabitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasi» o‘qituvchisi Berdiyev O‘ktam Ro‘ziyevich ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan (PIMU) pediatriya, 3-kurs talabalarining dars jarayonlari o‘rganildi.

Klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh qo’shma ta’lim dasturi dekani Narzullayeva Gulchehra, o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig’i Bozorova Mahbuba, klinik o‘quv bazalar bo‘limi bosh mutaxassisi Ergasheva Gulshan, tyutor Kattayev Isomiddinlar respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish ilmiy markazining Surxondaryo filialida amaliy darslar jarayonlarini tekshirishdi.

 Tekshiruvda, ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni, davomati hamda meʼyoriy hujjatlar holati o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha ko’rsatmalar berildi.