Kecha Surxondaryo viloyati va Termiz shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi masʼul rahbarlari Suvonov Azamat Xudoymurodov Bobobek ishtirokida TTA Termiz filialining xorijiy talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida filial xalqaro hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi ham qatnashishdi.
Suhbat jarayonida xorijlik talabalarning yurtimizda bo‘lishi, o‘qishi va yashashi uchun ham O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aniq qoidalar bo‘lib, har bir xorijlik bunga amal qilishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xorijlik talabalarning yurtimizda qonunlarimiz doirasida ta’lim olishi, yashashi va mehnat qilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
O‘zaro muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.