Joriy yilning 8-10-sentabr kunlari “InnoWeek-2022” innovatsion ishlanmalar hududiy ko’rgazmasi Surxondaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali iqtidorli talabalari va professor-o’qituvchilari o’z ilmiy loyihalari bilan munosib ishtirok etishdi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Innovatsion rivojlanish vazirligi, innovatsiyalar milliy ofisi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida «Innoweek- 2022» innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi tashkil etildi. Viloyatda ilmiy va innovatsion faollikni rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini qoʻllab-quvvatlash, yangi gʻoya va loyihalarni moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan tadbir avvalida Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Anvar Oripov, Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosari Akbarxon Sobirxonovlar mazkur koʻrgazmaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soʻz yuritishdi.
10 sentyabr kuni InnoWeek-2022” innovatsion ishlanmalar hududiy ko’rgazmasi Surxondaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi vakili Sirojiddin O’rolov, Surxondaryo Hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig’i Sherxon Kichkilov va Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori o’rinbosari Rustam Kuchkarbayev ishtirok etishdi va eng yaxshi ishlanma, mahsulot va dasturiy ta’minot egalarini taqdirlashdi.
Viloyatda amalga oshirayotgan loyihalar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, pirovardida import oʻrnini bosuvchi, ekspertbop mahsulotlar ishlab chiqarishga erishilmoqda. Bioparchalanuvchi gidrogellar, farmatsevtika mahsulotlari, sifatli boʻyoqlar, bazalt minerali asosida mustahkam kompaundlar ishlab chiqarilayotgani shular jumlasidandir.
«Innoweek- 2022» innovatsion gʻoyalar hududiy koʻrgazmasi ilmiy innovatsion ishlanmaga ega tashkilot va muassasalar, tadbirkorlar va yoshlar oʻzlariga biznes sheriklar topish va hamkorlik shartnomalarini imzolash, shuningdek, Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Eng yaxshi loyiha egalariga “InnoWeek-2022” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligiga yo’llanma berildi.