Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari o’rtasida «Sport salomatlik garovi» shiori ostida sportning shaxmat turi bo’yicha shveysartcha tizimda musobaqa bo’lib o’tdi.
Musobaqa ko’tarinki ruhda o’tkazilib, unda filialda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar va xodimlar faol qatnashishdi.
- Murosasiz kechgan musobaqada ichki kasalliklar propedevtikasi, reabilitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya kafedrasi o’qituvchisi Bozorov Umid 1- o‘rin
- Filial o‘qituvchisi Abdurahmonov Kamoliddin 2-o‘rin
- Ilmiy kengash kotibi Ergashev Mansur 3- o‘rin
G‘oliblar TTATF rahbariyati tomonidan ajratilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.