You are currently viewing Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati

Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati

  • Post author:

     14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida keng doiradagi tadbir tashkil etildi.

Tadbir Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Unda janubiy g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tashrif buyurishdi.

Dastlab harbiy orkestr sadolari ostida mamlakatimiz madhiyasi ijro etildi.

    “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir”, shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Hayrabod garnizoni faxriy qorovul shaxsiy tarkibi hamda Termiz garnizon harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.  

     Tadbirning bayramona ruhda oʻtgan amaliy qismida talabalarga mehmonlar tomonidan tayyorlangan harbiy chiqishlar, mashgʻulotlardan namunalar hamda qurol yaroqlar ko’rgazmasi taqdim etildi.

      Tashkil etilgan tadbir talabalar oʻrtasida armiyamiz kuch qudratini toʻlaqonli anglash, u bilan faxrlanish hamda yuksak vatanparvarlik hissini uygʻotdi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.