O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchangizni tabriklayman.
14-yanvar mamlakatimizda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni, xalqimizga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga xos bo‘lgan yuksak fuqarolik fazilatlarini o‘zida mujassam etadigan bayramdir.
Vatan himoyasi yo’lida harbiylar bilan bir qatorda siz shifokorlar ham jonbozlik ko’rsatmoqdasiz.
Xalq xizmatida hormay tolmay mehnat qilayotgan siz azizlarni bugungi vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.
Hurmat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Otamuradov Furqat Abdukarimovich