Narzullayeva Gulchehra Qudratovna

Dekan

e-mail:

Narzullayevagulchehra@gmail.com

Telefon raqam:

+998-97-850-20-10

                                                             Fakultet tarixi 

         Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Qo‘shma ta’lim fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyul “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturi asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 421-sonli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan nizomiga muvofiq    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini tashkil ettirish bo‘limi” negizida “Qo‘shma ta’lim fakulteti” tashkil qilindi. Qo‘shma ta’lim fakulteti filial fakultetlari ichidagi eng yosh fakultet bo‘lib Qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yurituvchi yagona fakultetdir. O‘zbekistonni Janubiy va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan bog‘laydigan Qo‘shma ta’lim fakulteti talabalarga mintaqadagi eng yuqori darajadagi oliy ta’lim muassasida o‘qish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. 

         Biz o‘z ta’lim tizimimiz orqali bilimlarni, chuqur tadqiqotlar va akademik mahoratni butun mintaqaga yoyishga intilamiz. Asosiy binosi Termiz shahrida joylashgan Qo‘shma ta’lim fakulteti negizida 26 ta akademik bo‘limlar – fundamental fanlar va kasalxonalardagi klinik bazalar bilan shartnomalari mavjud. Bundan tashqari, biz talabalarimizni qo‘shma dastur asosida sifatli ta’lim va amaliy ko‘nikmalarni to‘liq olishini ta’minlaymiz.

                                                     Fakultet klassifikatsiyasi

  1.  Ta’lim turi: Bakalavriat,
  2. Mutaxassisliklar(bakalavr

6091020  – Davolash ishi

6091030 Pediatriya ishi

  1. Malaka:Umumiy amaliyot shifokori, tor doiradagi mutaxasiss
  2. Ta’lim shakli: kunduzgi
  3. Ta’lim tili: Rus tili,
  4. Fakultet kvalifikatsiyasi:                                                                                                      
    Davolash ishi, Pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashish yo‘li bilan aholi o‘rtasida kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Bemorlarning kasalliklari va patologik holatlarining diagnostikasi;
  • Favqulotda tashxis; 
  • Aholi orasida keng tarqalgan o‘tkir va surunkali kasalliklar bo‘yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • Sog‘liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • Aholi orasida keng tarqalgan o‘tkir va surunkali kasalliklar bo‘yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • Shoshilinch yordam ko‘lami bo‘yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish hamda amaliyotda qo‘llash; 
  • Tibbiyot sohasida dolzarb bo‘lgan kasalliklar hamda muommolar bo‘yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo‘lish va faoliyati davomida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • Aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo‘yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo‘naltirilgan holda amaliyotda qo‘llash;
  • Reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo‘lgan darajada qo‘llash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish;
  • Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • Sog‘liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
  • Tibbiyot sohasida dolzarb bo‘lgan muommolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish. Kasb ta’limi (Davolash ishi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
  1. tibbiy profilaktik;
  2. tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  3. tashhislash va davolash;
  4. reabilitatsiya;
  5. tibbiy-ijtimoiy;
  6. tashkiliy- boshkaruv;
  7. ilmiy-tadqiqot.