You are currently viewing O’rganish

O’rganish

  Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining «Otorinolaringologiya, oftalmologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya» va «Ichki kasalliklar, harbiy dala terapiyasi, gematologiya va oilaviy shifokorlikda terapiya» kafedralaridagi 2- son davolash fakulteti 4-5-6 kurs talabalarining dars jarayonlari o‘rganildi.

     Klinik bazalarida olib borilayotgan darslar sifatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruh klinik o‘quv bazalar bo‘limi bosh mutaxassisi Ergasheva Gulshan, tyutor Otamuradov Farxod Jumaqulovich kafedradagi amaliy darslar jarayonlarini tekshirishdi.

    Tekshiruvda, ishtirok etayotgan talabalarning dars jarayoni, davomati hamda meʼyoriy hujjatlar holati o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.