You are currently viewing Ochiq dars o‘qituvchining  salohiyatini belgilaydi.

Ochiq dars o‘qituvchining salohiyatini belgilaydi.

   Bilamizki, taʼlim jarayonida sifat-samaradorlikka erishish nafaqat o‘qituvchining pedagogik mahorati yoxud ilmiy salohiyati, balki bilim oluvchining fanlarni puxta o‘zlashtirishi bilan belgilanadi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Ichki kasalliklar, HDT, gematologiya va oilaviy shifokorlikda terapiya” kafedrasida 2-son davolash fakulteti 4-kurs, 407 guruh talabalariga “Ichki kasalliklar” fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi. 

   O‘qituvchi R.S.Berdiyeva tomonidan o‘tkazilgan ochiq darsda klinik o‘quv bazalar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Ergasheva 2-son davolash fakulteti dekan o‘rinbosari K.Sharafiddinov, hamda tyutor F.Otamuradov ishtirok etishdi.

   Demak, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, tashabbuslarga intilib faoliyat yuritishi, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini chuqurroq o‘rganishiga xizmat qiladi.