11 / 100 SEO Score

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalarining erishgan yutuqlari

Xalqaro va Respublika fan olimpiadalari,konferensiya va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar (2023-2024 o‘quv yili hisobida yanvar -noyabr holatida):

Birinchi o‘rin: 5

– Ikkinchi o‘rin: 13

– Uchinchi o‘rin: 32
      2023-yil 28-fevralda Toshkent tibbiyot akademiyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan III Xalqaro talabalar onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada 8 nafar talaba o‘z ilmiy dokladlari bilan ishtirok etishdi va shulardan 2 nafari 2-o‘rinni egallashdi.

       Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2023-yil 9-10 mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan III Renessansgacha” III Xalqaro talabalar olimpiadasida onlayn 12 nafar va offlayn 11 nafar talabalar ishtirok etishdi. Ushbu xalqaro olimpiadada TTA Termiz filiali talabalarining 10 nafari 3-o‘rinni, 3 nafari 2-o‘rinni, qolgan ishtirokchilar esa faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlanishdi.

     2023 yil 15-16 mart kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining II talabalar Forumi” da 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 9 nafar talaba ishtirok etdi, shundan Sport yo‘nalishi bo‘yicha Davolash ishi fakulteti 3-bosqich talabasi Jo‘raqulov Iskandar Baxodir o‘g‘li fahrli 1-o‘rinni egalladi

     2023-yil 23-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahri I.K.Axunbayev nomidagi Davlat tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan I.K.Axunbayev tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan I Xalqaro olimpiadasida 10 nafar TTA Termiz filiali talabalari ishtirok etishdi va jamoa bo‘yicha 3-o‘rinni egallashdi.

     2023 yil 28 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining tashabbusi bilan “Avitsena izdoshlari” III Xalqaro talabalar onlayn olimpiadasida 49 nafar TTA Termiz filiali talabalari ishtirok etishdi. Shulardan, 1 ta 1-o‘rin, 3 ta 2-o‘rin, 4 ta 3-o‘rinni va qolgan ishtirokchilar turli xil nominatsiyaga ega diplomlar bilan taqdirlanishdi.
    2023 yil 7-8 aprel kunlari Toshkent Davlat stomatologiya institutida “Tibbiyot va innovatsiya” Xalqaro talabalar olimpiadasida 11 nafar TTA Termiz filiali talabalari ishtirok etishdi, shulardan 1 ta 2-o‘rin, 2ta 3-o‘rinni egallashdi, qolgan ishtirokchilar faol ishtiroki uchun sertifikatga ega bo‘lishdi.

      Al’-Farobi nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida 2023 yil 14-15 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Tajribadan loyihagacha” nomli talaba va yosh olimlarning III Xalqaro konferensiyasida TTA Termiz filiali 1-son Davolash ishi fakul’teti 4 bosqich talabasi Kurbonova Sabina Tavakalovna “Osobennosti izmeneniya skorosti sdviga krovi v dinamike ekperimentalnogo xolestaza” mavzusidagi dokladi bilan oflayn ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

   2023-yil 21-aprelda S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan talabar fan olimpiadasida Filial 5 nafar talabalaridan tuzilgan “Lekari iz Yuga” jamoasi ishtirok etdi va “Eng intiluvchan jamoa” diplomiga ega bo‘lishdi.

     2023-yil 20-21 aprel kunlari Karaganda tibbiyot universitetida “Kelajakda ta’limdagi o‘zgarishlar” nomli IV Markaziy Osiyo Xalqaro olimpiadasida 3 nafar talaba ishtirok etishdi va 3-o‘rinni egallashdi.

      2023-yil 4-5 may kunlari Gomel davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Zamonoviy tibbiyotning muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida XV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida filialdan 8 nafar talabalar ishtirok etishdi va 4 nafari 1-o‘rin,4 nafari 2-o‘rinni egallashdi.

       2023-yil 4-5 may kunlari Ostona tibbiyot universitetida Patalogik anatomiya fanidan bo‘lib o‘tadigan Xalqaro talabalar olimpiadasida jami 2 nafar talaba ishtirok etishdi va 1 nafar talaba 3-o‘rinni egaalashdi

       2023-yil 19 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida Patologik anatomiya fanidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiadada filialdan 3 nafar talaba (online) ishtirok eishdi va 1 nafar talaba 2-o‘rinni, 2 nafar talabalar faol ishtiroki uchun sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

       2023-yil 18-19 may kunlari filial talabalari o‘rtasida “Tibbiyotda va tibbiy ta’limda innovatsion g‘oyalar “mavzusida 6 ta seksiya kesimida Talabalar ilmiy jamiyatining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Jami ishtirokchilar soni 82 ta. 6 nafari 1-o‘rin, 11 nafari 2-o‘rin, 14 nafari 3-o‘rinni egallashdi.

       Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2023 yil 26 may kuni bo‘lib o‘tgan “30-Xalqaro yosh olimlar va talabalar ilmiy- amaliy anjumani”da filialadan 8 nafar talaba ishtirok etishdi va 1 nafar talaba 1- o‘rinni, 3 nafar talaba 3-o‘rinni va qolgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

      2023-yilning 24-26 oktyabr sanalarida Qirg‘iziston respublikasi Xalqaro oliy toifadagi tibbiyot maktabida Xalqaro talabalar olimpiadasida 4 nafar talabalarimiz ishtirok etishdi va faxrli 2 -o‘riini olishdi.

         2023-yilning 26 – oktyabr sanasida Qozog‘iston respublikasi “Farmatsiya va jamoat salomatltigi” nomli dastur asosida bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiadada 4 nafar talabalarimiz ishtirok etishda va 2 nafari 1-o‘rin, bir nafari 2 -o‘rin, bir nafari 3-o‘rinni egallashdi.

       2023-yilning 24-26 noyabr sanalarida Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridagi Rossiya Federatsiyasi birinchi prezidenti B.N.Yelsin nomidagi qirg‘iz-rus -slaviyan universitetida Pirogov II ochiq Xalqaro talabalar forumidoirasida tashkil etilgan olimpiadasida 7 nafar talabalarimiz ishtirok etishdi va 3 nafari 1-o‘rin va 4 nafari 2-o‘rinni egallashdi.

           2023-yilning 15-16 dekabr kunlarida Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “SAMARQAND-2020” IV Xalqaro olimpiadasida MED UZ TEAM filial talabalari jamoasi ishtirok etishdi. “SAMARQAND-2020” IV Xalqaro olimpiadasida offline 1 nafar talaba -2 o‘rinni, 2 nafari – 3-o‘rinlarni, online 3 nafar talaba 2-o‘rinlarni va 1 nafar talaba 1-o‘riini egallashdi, boshqa ishtirokchilari esa diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

        Filialda Chet tili (ingliz tili)bo‘yicha IELTS sertifikatini qo‘lga kiritgan jami talabalar soni 24 tashkil etadi. Kurslar kesimida 2-kurs-2 ta, 3-kurs-3 ta, 4-kurs-7 ta, 5-kurs 8 ta, 6- kurs – 4 tani tashkil etadi.