You are currently viewing Ochiq dars o‘qituvchining  salohiyatini belgilaydi.

Ochiq dars o‘qituvchining  salohiyatini belgilaydi.

Bilamizki, taʼlim jarayonida sifat-samaradorlikka erishish nafaqat o‘qituvchining pedagogik mahorati yoxud ilmiy salohiyati, balki bilim oluvchining fanlarni puxta o‘zlashtirishi bilan belgilanadi.

TTA Termiz filiali oftalmologiya, otorinologiya, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida 2024 yil 26 -yanvar kuni 1-son davolash fakulteti 5-kurs, 504-505 guruhlarida »Onkologiya» fanidan ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

O‘qituvchi t.f.n. M.Y.Jumayev tomonidan olib borilgan ochiq ma’ruza darsida filial professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Taʼlimda barcha mezonlar sifat, samaradorlik va natija bilan baholanadi. Demak, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, tashabbuslarga intilib faoliyat yuritishi, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini chuqurroq o‘rganishiga xizmat  qiladi.