You are currently viewing TTATF talaba – yoshlari diqqatiga

TTATF talaba – yoshlari diqqatiga

TTA Termiz filialida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz.

Tanlov 15-fevralgacha davom etadi.

Tanlov shartlari

Tayyorlangan videoroliklar davomiyligi 2 daqiqadan 5 daqiqagacha bo‘lishi talab qilinadi

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi.

1- Filial bosqichi

2-Viloyat bosqichi

Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar TTATF rasmiy kanalida berib boriladi.

Tanlov so‘ngida g‘oliblar sertifikat, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Videroliklarni ushbu  @Dr_Javodbek telegram manziliga jo‘natishingiz mumkin.

Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishingiz so‘raladi.