You are currently viewing TTATF talabalari “Vatanparvarlar bog‘i”da

TTATF talabalari “Vatanparvarlar bog‘i”da

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari vohamizda barpo etilgan “Vatanparvarlar bog‘i”ga sayohat qilishdi.

Bu bog‘da harbiy texnika va qurol-aslahalarni namoyish etish maydoni, harbiylashtirilgan to‘siqlar yo‘lagi, yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadigan “Mardlar yo‘lagi” mavjud.

Shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasiga bag‘ishlab “Qahramonlar nomi barhayot” burchagi tashkil etilgan.

Hududda o‘rnatilgan tarixiy eksponatlar va harbiy texnikalar yoshlarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berish bilan birga, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.