You are currently viewing Talant shou

Talant shou

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tashkil etilayotgan «Talant shou» tanlovi  2-mavsum saralash bosqichi 15-fevral kuni 14:00da filial hovlisida boʻlib oʻtadi. Tanlovda iqtidorli talabalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’z ijod namunalar bilan qatnashadilar:
Qo‘shiqchilik san’ati (An’anaviy xonandalik: Vokal, zamonaviy qo‘shiqchilik: Estrada, Opera) – bunda ishtirokchi(lar) individual yoki duet tarzda sahnada jonli ijroda ijod namunasini namoyish etishi kerak bo‘ladi;
Aktyorlik mahorati (bunda ishtirokchi o‘zi xohlagan asardan, kino filmdan yoki taqlid tarzda rol ijro etishi mumkin bo‘ladi) – ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda qatnashishi mumkin va asosiy qatnashadigan aktyor bosh rolda bo‘lishi lozim;
Xoreografiya(raqqos(a)lik) – bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin;
Qiziqchilik san’ati – bunda ishtirokchi(lar) individual (stand up) yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun:
@Madina_018
+998913203860
+998941477525