TTA Termiz filialida talabalarning kasbiy mahoratini shakllantirishga ko‘mak beradigan labaratoriyalar mavjud.
2023- yilda ushbu labaratoriyaga grant asosida rotometr, RH metr , ionametr, konduktometr, gazli xromatograf, suyuqlik xromatografiya, refraktometr kabi jihozlar olib kelindi.
Bu laboratoriya jihozlari talabalar fanlarni chuqurroq o‘zlashtirishi hamda amaliy mashg‘ulotlari uchun muhim sanaladi.
Shuningdek, klinik anatomiya labaratoriya xonasida ham talabalar foydalanishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan labaratoriya jihozlaridan biri bo‘lgan viarachki soni ko‘paytirildi.
Bu orqali talabalar vertual holatda operatsiya jarayoniga qatnashadi.
Bundan tashqari oliy toifali xirurg tomonidan talabalarga ustoz shogird ana’nalariga muvofiq har shanba kuni xirurgik jarrohlik tugunlarini qo‘yish texnikasi bo‘yicha to‘garak bo‘lib o‘tadi.