You are currently viewing O‘rganish

O‘rganish

O’zbekiston Milliy kutubxonasi va Axborot va ommaviy komunikasiyalar agentligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh TTA Termiz filiali axborot resurs markazi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar natijasida filial axborot resurs markazida zamon talablaridan kelib chiqib, kitobxonlarga, professor – o‘qituvchilar hamda talaba yoshlarga samarali xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligi, kutubxonada barcha ijtimoiy tarmoqlarga ulanganligiga guvoh bo‘lishdi.

Ishchi guruhga filial axborot resurs markazi xodimlari kutubxona faoliyati borasida xususan elektron katalog tashkil etilganligi axborotlashgan kutubxona boshqarish tizimiga o‘tganligini ham aytib o‘tishdi.

O‘rganish jarayonida tuzilgan ishchi guruh ARM faoliyatiga ijobiy xulosa berishdi.