12 / 100 SEO Score

  Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli Qarori asosida tashkil etilgan. 
OTM asosiy o‘quv binolari 1 ta hududda joylashgan, bundan tashqari filialning 30 ga yaqin klinik kafedralari Termiz shahri va unga yaqin bo‘lgan hududda davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalarida joylashgan. Talabalarning tahsil olishi ikki smenada amalga oshiriladi va talabalar sig‘imini to‘liq qamrab oladi. Filial hududida joylashgan 2 ta o‘quv binolar quvvati 2450 o‘rinni tashkil qiladi. 
2025-2026 o‘quv yilida filialda 4 ta fakultet hamda 19 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 11 tasi klinik (mutaxassislik) kafedralari hisoblanadi. Filialda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida va 20 ta klinik ordinatura mutaxassisliklarida 3760 nafar talaba mavjud bo‘lib, ulardan kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 5801 nafar talaba va klinik ordinatura mutaxassisliklarida 131 nafar talaba tahsil olmoqda.2025-2026 o‘quv yilida 1-kurslar 6 ta, 2-kursda 5 ta, 3,4-kurslarda 3 ta, 5-6-kurslarda 2 tadan ta’lim yo‘nalishlari o‘qitiladi
Davolash ishi – 60910200
Pediatriya ishi -60910300
Fundamental tibbiyot – 60910700
Stomatologiya– 60910100
Tibbiy profilaktika ishi – 60910400
Farmatsiya – 60910700
Xalq tabobati – 60911100
2025-2026 o‘quv yili uchun Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejalar, fan dasturlari (sillabus) asosida filialning 2025-yil 31-avgustdagi 1-son Kengashida ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari (sillabuslar) muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Shuningdek, 2021-2022 yilda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda TTA Termiz filiali bilan “3+3” shaklida qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasi imzolandi. Bugungi kunda ushbu qo‘shma ta’lim dasturi doirasida davolash ishi va pediatriya yo‘nalishlari tashkil etildi va ularda 75 nafar talaba tahsil olmoqda.
Filialda asosiy shtatda 671 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ulardan 51 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar, shundan 6 nafari fan doktori, 7 nafari professor, 21 nafari fan nomzodi, 17 nafari dotsent. Hozirgi kunda filialda ilmiy salohiyat 32.6 % ni tashkil qiladi.
O‘quv jarayonini Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan talablar asosida olib borish maqsadida fundamental fanlar o‘quv laboratoriyalari (jumladan, tibbiy kimyo, biokimyo, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya) tashkil  etilgan.  Axborot resurs markazi (ARM)da bepul internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, videokonferensiya qurilmalari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlarida samarali foydalanilmoqda. 
Zamonaviy axborot texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun 34 ta elektron doska, 4 ta videoproektor o‘rnatilgan. O‘quv jarayoniga 160 dona kompyuter, kafedralar, dekanatlar hamda bo‘limlarda 182 ta kompyuterlardan foydalanilmoqda. Filialda 346 dona kompyuter korporativ tarmoq hamda Internet tarmog‘iga ulangan. Hozirda Filialda internet tezligi 700 Mb/sek tashkil qilmoqda.
Asosiy o‘quv binosida 1500 o‘rin bo‘lib, uning 129 ta auditoriyasi maxsus audio va video qurilmalar va jihozlar bilan ta’minlangan.
Filial Axborot-resurs markazida umumiy adabiyotlar fondi 20534 nomdagi 1310 nusxada kitoblar va umumiy elektron fondda 1100 nomda kitoblar elektron shakliga keltirilgan.
Fililal ARM o‘quv zallari 205 o‘rinli bo‘lib, qamrov o‘rtacha 15 % ni tashkil qiladi. 
ARMda 2 smenada (1-smena 09.00 dan 17.00 gacha, 2-smena 17.00 dan 21.00 gacha) faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilgan.  Talabalar uchun zaruriy asosiy o‘quv adabiyotlari QR kodli kitob javoni ishga tushirilgan. Hozirda o‘quv reja bo‘yicha barcha adabiyotlarni ushbu shaklga keltirish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari o‘quv adabiyotlardan foydalanish uchun library.ttatf.uz portali ham ishga tushirildi. 
Oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini o‘quv adabiyotlari va oʼquv uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasi. Surxordaryo viloyatida yagona Аxborot-resurs markazimizda zamonaviy axborot kutubxona tizim AKBT texnologiyalari taʼminlangan hamda  hozirda kitoblarga shtrix kodlar berish ishlari samarali olib borilmoqda, shuningdek, internet (WI-FI) tarmog‘iga ulangan va tezligi 100 mbt/s tezlikda ishlaydi hamda talabalar ishlaydigan kompyuterlar internet kabeli bilan bog‘langan qo‘shimcha tarzida WI-FI zonasi tashkil etilgan.
Filial talabalari, professor- o‘qituvchilar va xodimlarning axborot resurs markazidan foydalanish kunlik holati tahlil qilinganda o‘rtacha kunlik 350 nafar talabalar, professor-o‘qituvchilar qatnovini tashkil qiladi.
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlaydigan elektron xizmat ko‘rsatilyapti. Markaz o‘zining http:// library. ttatf. uz, https:// t.me/ TTATF elektron kutubxona va elektron kutubxona telegram ijtimoy tarmog‘i orqali foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot – kutubxona xizmat ko‘rsatishga ega. Hozirda markazda 1100 nomdagi kitoblarni elektronlari qilindi hamda o‘zining http:// library. ttatf.uz, https:// t.me/ TTATF elektron kutubxona saytlariga joylashtirilmoqda. Xorijiy davlatlardan 39 nomda chet elda nashr etilgan adabiyotlar xarid qilindi. GEOTАR – MEDIА malumotlar bazasidan professor-o‘qituvchilar va talabalar foydalanmoqda.
2020-2023 yillar davomida markazga filial tomonidan fanlar kesimida 39 nomda va 195 nusxada OOO “Grand inter media” MCHJ ALFA PRESS tomonidan 248798540 so‘mlik xorijiy o‘quv adabiyotlar xarid qilindi.
Markazda 110 o‘rinli o‘quv zali, 2 ta kitob saqlash xonalari kamera jihozlari bilan taʼminlangan hamda yong‘in havsizligi qoidalariga amal qilingan. Elektron bo‘limi uchun 20 dona va xodimlar uchun 7 dona kompyuter, 1 dona printer va zamonaviy skaner apparatlari, yangi va yumshoq mebellar bilan taʼminlangan, stol-stul, kitob va katalog javonlari, 2 dona sovutish vositalari (konditsioner) hamda boshqa jihozlar bilan taʼminlangan. Zamon talablariga mos holatda jihozlangan.
Аxborot-resurs markazi bo‘limlarning holati yaxshi, adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi 76 % tashkil etadi. АRM kiraverishida hamda 2- talabalar turar joylari elektron (QR – kod) doskalar pano qilingan hozirda talabalar foydalanmoqda.
2020-2023-yillar davomida filialning o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish bo‘yicha “Nashr reja”si bo‘yicha 26 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan 16 ta nomdagi darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya chop etilgan.
Fanlarning o‘quv dasturlaridagi (sillabus) asosiy o‘quv adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holati, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj sababli markazga 2023-2024 o‘quv yili uchun 2270 nusxada o‘quv adabiyotlar keltirilgan.

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0