You are currently viewing Kutubxonaga sayohat,  Insonning kitobdan yaqin hamrohi, do‘sti, maslahatchisi yo‘q.

Kutubxonaga sayohat, Insonning kitobdan yaqin hamrohi, do‘sti, maslahatchisi yo‘q.

5 / 100 SEO Score

Keyingi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilayotir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shunday tizimli ishlar TTA Termiz filialida ham amalga oshirilmoqda. Filial dekan o‘rinbosari, tyutor va talaba yoshlari Termiz shahridagi “Adib Sobir Termiziy” nomidagi Surxondaryo viloyat axborot kutubxona markaziga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida kutubxona xodimi talaba- yoshlarga kutubxonadagi kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.